Nexia-3 avtobus tagiga kirib ketdi, qurbon bor

Arxivdan surat
Kecha, 3 iyun kuni soat 16:27 da Nexia-3 haydovchisi KXY ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor shohko‘chasi tomonga borayotib, belgilangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagan.
Xususan, oldinda harakatlanib ketayotgan mashina bilan oraliq masofa saqlamagani va katta tezlikda harakatlangani sababli oldidagi piyodalarni o‘tkazish uchun to‘xtagan 69-yo‘nalishdagi avtobusning orqasiga kelib urilgan.
Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazida vafot etgan.
Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter