Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noma’lum sababga ko‘ra yonib ketgan qo‘y-echkilar haqida yangi tafsilotlar aytildi

Noma’lum sababga ko‘ra yonib ketgan qo‘y-echkilar haqida yangi tafsilotlar aytildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani «Ellikqal’a» OFYda istiqomat qiluvchi Ahmad Niyazimbetovga tegishli qo‘radagi qo‘y-qo‘zilari va echki-ulog‘i bilan yonib ketgani haqida xabar berilgandi. 

Tuman IIB hodisaning yangi tafsilotlarini ma’lum qildi. Voqea 22-martdan 23-mart kuniga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Yong‘in chiqqan hudud qumlik orasidagi do‘nglikda joylashgan. 1-1,5 metr balandlikda yog‘och va simlar bilan o‘rab yasalgan qo‘y qo‘ra ichida boqib kelayotgan 250 bosh qo‘y-qo‘zilari va echki-uloqlari yonib ketgan. 

Yong‘in sodir bo‘lgan kuni Ahmad Niyazimbetov qo‘y va echkilarini beruniylik Ongarov Umirzokqa ko‘z quloq bo‘lib, boqish uchun topshirgan. O‘sha vaqtda u  yong‘in kelib chiqqan qo‘y qo‘radan taxminan 15-20 metr chamasidagi uzoqlikda joylashgan ko‘chma vagon ichida yolg‘iz o‘zi bo‘lgan.

Voqea joyi ko‘zdan kechirilganida ko‘chma vagon ichkarisida isinish va ovqat pishirish uchun o‘choq borligi aniqlangan. Shu kuni unda o‘t yoqilgan.

Hozirda Ahmad Niyazimbetovning yaqin qarindoshlari, uning do‘stlari, yong‘in kelib chiqqan qo‘y qo‘raga yaqin masofada yashovchi fuqarolar hamda muqaddam sudlangan shaxslar bilan operativ surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Ellikqal’a tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qo‘y-echkilarning yonib ketish sabablari hamon noma’lumligicha qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring