Noma’lum shaxslar o‘zbek-tojik chegarasida 26 kg narkotik modda qoldirib ketdi
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara Qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 20 kg 3 gr «opiy» va 6 kg 5 gr «gashish» giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter