Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Novvoyxona oldida pichoqbozlik ro‘y berdi

Novvoyxona oldida pichoqbozlik ro‘y berdi

Foto: Tergov departamenti

2022-yilning 13-aprel kuni tungi soat 00:30 larda 34 yoshli K.A. Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Bo‘stonliq dehqon bozori» hududidagi novvoyxonasi oldida tanishlari 22 yoshli A.P. va 26 yoshli A.F.lar bilan o‘zaro janjallashib qoladi.

Janjal davomida K.A. novvoyxonada bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan A.F.ning chap qorin sohasini orqa tomoniga bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Natijasida A.F. olgan tan jarohati bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Bo‘stonliq tumani tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasiga ko‘ra, A.F.ning tanasida «chap qorin sohasi orqa qismida sanchib kirgan jarohati, qovurg‘a va qovurg‘alararo qon tomirlar shikastlanishi, ingichka ichak sanchib kesib o‘tgan jarohati, gepertaniya, postgemorragik 2-darajali shok» jarohatlari borligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring