Nukus dala o‘quv maydonida portlash yuz berdi: 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlangan

Joriy yilning 10-sentyabr kuni Nukus dala o‘quv maydonida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkillashtirilgan. Mashg‘ulot davomida o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi natijasida kichik portlash yuzaga kelib, mashg‘ulot ishtirokchilaridan 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohatlari olishgan.
Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston bo‘yicha boshqarmasi axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, jarohatlangan harbiy xizmatchilarga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hozirda ularning sog‘ligi tiklanmoqda.
«Holat yuzasidan esa xizmat surishtiruvi tayinlangan bo‘lib, hozirda mutasaddi rahbarlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter