Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nukusda ishlatilgan shovqinli granatalar halokatli emas» — Milliy gvardiya

«Nukusda ishlatilgan shovqinli granatalar halokatli emas» — Milliy gvardiya

Videodan lavha

Milliy gvardiya matbuot xizmati Nukusdagi tartibsizlikda qo‘llanilgan maxsus vositalar zaharli ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

2022 yilning 1–2 iyul kunlari Nukus shahrida tartibsizliklar keltirib chiqargan olomonni tarqatish uchun foydalanilgan shovqinli granatalar halokatli emas, balki insonda qo‘rquv uyg‘otadigan vosita hisoblanadi.

Ushbu maxsus vositalar 6 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ommaviy axborot vositalari vakillariga namoyish etilib, ishtirokchilarga ta’siri va kimyoviy tarkibi haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Xususan, shovqinli granatalar tuzilishi pirotexnika vositalarini o‘z ichiga oladi, ularning tarkibiga zaharli moddalar kirmaydi. Amaldagi kimyoviy elementlar yorug‘lik va tovush ta’siriga ega bo‘lib, insonda qisqa muddatli noqulaylik keltirib chiqaradi.

«Shunday ekan, internet tarmog‘ida tarqalgan maxsus vositalarning zaharliligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», – deyiladi munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring