Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda tashlab ketilgan chaqaloqning hayoti saqlab qolindi

Nukusda tashlab ketilgan chaqaloqning hayoti saqlab qolindi

foto: xabar.uz

Qoraqalpog‘istonda chaqaloq tashlab ketildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

2022 yil 8 fevral kүni Taxtako‘pir tumanida doimiy ro‘yhatda turib, Nukus shahri Bo‘ston ko‘chasida vaqtincha yashagan A.K.(2002 yilda tug‘ilgan) farzandini dunyoga keltirib, o‘zi yashab turgan uyi yoniga tashlab ketgan.

Shundan so‘ng, chaqaloq Respublika perenatal markazi jonlantirish bo‘limida hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahri IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 117 moddasi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring