Ogoh bo‘ling: Sirdaryoda qalbaki dollar sotayotganlar aniqlandi
![Ogoh bo‘ling: Sirdaryoda qalbaki dollar sotayotganlar aniqlandi](http://static.xabar.uz/crop/3/2/720_460_95_3205313550.jpg)
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Yangiyer shahar, A.Jomiy MFY hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar A.A. va K.N. qalbaki 8 370 AQSh dollarini fuqaro A.A.ga o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, 101 dona 50 AQSh dollari, 33 dona 100 AQSh dollari va 1 dona 20 AQSh dollari ko‘rinishidagi qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter