Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda yosh yigitning jasadi osilgan holda topildi

Ohangaronda yosh yigitning jasadi osilgan holda topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Angren shahriga tutash hududda yosh yigitning jasadi daraxtga osilgan holatda topilganiga oid xabarlar tarqalmoqda.

Ayni mazmundagi xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati Xabar.uzga tasdiqladi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 19-iyul kuni tongda Ohangaron tumani, Alisher mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan qismidagi yo‘l chetidagi daraxtda 1995-yil Andijon viloyatida tug‘ilgan M. Y.ning jasadi osilgan holda topilgan.

Sud-tibbiy epkspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, M. Y.ning o‘limi bo‘yin sohasini sirtmoq natijasida siqilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya oqibatida yuz bergan.

Marhumning tanasida jarohatlar aniqlanmagan.

Ayni paytda Ohangaron tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring