Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olib qochilgan avtomashina «metallolom»dan topildi

Olib qochilgan avtomashina «metallolom»dan topildi

2023 yil 30 mart kunidan 31 mart kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs 69 yoshli S.S.ga tegishli bo‘lgan «VAZ-2101» rusumli avtomashinani olib qochib ketgan.

Ushbu avtomashina Yuqorichirchiq tumani Bunyodkor ko‘chasida yashovchi 27 yoshli T.B.ning boshqaruvida bo‘lgan. Transport vositasi T.Bning uyi eshigi oldidan o‘g‘irlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, mazkur jinoyatni 20 yoshli R.M. sodir etganligi, u davlat raqam belgilarini yechib, Yuqorichirchiq tumani Farovon mahallasida joylashgan xonadoniga olib borib 2.000.000 so‘m pul evaziga metallolom sifatida sotib yuborganligi aniqlangan. Mazkur xonadon ko‘zdan kechirilganida, jabrlanuvchiga tegishli avtomashina qismlarga bo‘lingan xolatda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

«Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchining ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, mazkur jinoyatga boshqa aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlashga qaratilgan chora tadbirlar o‘tqazilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi. Tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Tergov departamenti xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring