Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchi o‘quvchini telefon bilan urib boshini yordi

O‘qituvchi o‘quvchini telefon bilan urib boshini yordi

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ijtimoiy tarmoq orqali video kelib tushgan.

Aniqlanishicha, joriy yilning 5 mart kuni Marg‘ilon shahar 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi, 2000 yilda tug‘ilgan M.E. o‘quv jarayonining 6-soat darsini 5-D sinfiga o‘tayotganda shu sinfning o‘quvchisi 2012yilda tug‘ilgan U.J. hojatxonaga chiqib kelishni so‘ragan, o‘qituvchi javob bermagan.

Bola zarurat yuzasidan sinfdan chiqqan va birozdan so‘ng qaytgach, o‘qituvchi uning ruxsatsiz harakatidan va gaplashib o‘tirganidan jahli chiqib o‘z qo‘l telefonini o‘quvchiga qarata otgan. Telefon U.J. ga tegib, oqibatda uning bosh qismi yorilgan.

U.J. ga maktab hamshirasi tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib, boshi bog‘langan. Uyga shu holatda borgan vaqtida bolaning onasi U.G. jarohatdan xabar topib, uni shifoxonaga olib borgan va bolaga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan.

Hozirda o‘qituvchining harakati yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring