Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘t o‘chirish mashinalari suvi muzladi, uylar 12 soat yondi...»

«O‘t o‘chirish mashinalari suvi muzladi, uylar 12 soat yondi...»

Ijtimoiy tarmoqlarda «Bunaqasi bo‘lmagan. Pechka va shunga o‘xshash isitish jixozlardan fodalanganda juda ehtiyot bo‘ling. Kuni kecha yonayotgan uyni o‘chirish uchun kelgan O‘t o‘chirish mashinalarida suv muzlab qolgan aytilmoqda. Uylar esa 12 soat yongan» mazmunida xabar tarqaldi. 

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 13-yanvar kuni soat 00:23 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek hududi «Beshqo‘rg‘on» MFY Do‘stlik ko‘chasida bir-biriga tutash bo‘lgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:03 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:34 da qurshab olingan va soat 05:05 da bartaraf etilgan.

Yong‘in 4 soat 2 daqiqada o‘chirilgan. Yong‘in 12 soatda o‘chirilgan degan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deyiladi vazirlik rasmiy xabarida.

Yong‘in natijasida 2 ta uyning 200 kv.m (100 kv.m, 100 kv.m) maydonda tomi, ichi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning 450 kv.m (200 kv.m va 250 kv.m) maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa tahminan 26 km.ni tashkil etgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring