Koronavirus: o‘ta og‘ir holatda reanimatsiyaga yotqizilgan 68 yoshli bemor vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq 93-o‘lim qayd etildi.
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli M.I. (ayol) joriy yil 25- iyundan 14-iyulga qadar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida davolangan.
15-iyul kuni unda «COVID-19» tasdiqlangan va u o‘ta og‘ir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.
Bemorga «COVID-19» infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi hamda poliorgan yetishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, infarktdan keyingi kardioskleroz, qandli diabetning og‘ir kechishi kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter