Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z joniga qasd qilgan 12 yashar qiz haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

O‘z joniga qasd qilgan 12 yashar qiz haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Foto: Xabar.uz

Toshkentda yettinchi sinf o‘quvchi qiz o‘zini osib o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘quvchi noto‘liq oilada tarbiya olgan. Otasi A.D 2 yil oldin kasallik bilan vafot etgan. Onasi L.D ishlash uchun Turkiya davlatiga ketgan. Voyaga yetmagan Z.A ko‘rsatilgan manzilda 2 nafar akasi (biri oilali va ikkinchisi voyaga yetmagan) bilan birga yashashgan.

O‘quvchi 24, 26, 28-noyabr kunlari dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan, sababi o‘rganilganda o‘quvchining shamollagani aniqlangan. O‘quvchi qiz qo‘shnilar tomonidan yaxshi tavsiflandi.

Sinf rahbari va onasi o‘rtasida doimiy uyali aloqa orqali muloqot qilib turilgan. O‘quvchilar bilan uning o‘rtasida hech qanday noxush holat kuzatilmagan.

Hozirgi vaqtda tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu holat atroflicha o‘rganilmoqda, deyiladi hokimlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring