O‘zbekiston bo‘ylab kuchli shamol turishi kutilmoqda

Respublika hududida ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esib, joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Toshkent viloyati Bekobod shahri hududida esa 22-25 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 26-dekabr kuni kechki payt va tunda butun mamlakatimiz bo‘ylab kuchli shamol turib, uy-joylar, avtomobillarga jiddiy talafotlar yetgani haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter