Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda eng jazirama yillar aniqlandi

O‘zbekistonda eng jazirama yillar aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Meteorologlar O‘zbekistonda eng jazirama yoz kuzatilgan yillarni aniqlashgan. Ularning aytishicha, so‘nggi 7 yil eng issiq yillar bo‘lgan.

Gidrometmarkazning ma’lum qilishicha, 2016 va 2021 yillar eng qaynoq davrlar bo‘lgan. Butun dunyodada ro‘y berayotgan anomal issiq O‘zbekistonga ham ta’sir qilmay qolmagan.

Masalan, yoz va bahor fasllarida anomal jaziramaning qaytarilishi keskin o‘sgan. Ayniqsa, Orolbo‘yi hududlarida so‘nggi 5 yilda yuqori harorat rekord darajaga chiqqan.

Oqibatda qurg‘oqchilik va chang-to‘zon miqdori ham oshgan va ko‘rish 100-200 metrgacha yomonlashgan. Meteorologlarning aytishicha, global issiq havo yana davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring