Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda havo harorati 20 daraja sovuqqacha pasayadi

O‘zbekistonda havo harorati 20 daraja sovuqqacha pasayadi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston bo‘yicha 11-15 dekabr kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Bugundan sovuq va nam havo massasi asta-sekin respublikaning barcha hududlariga tarqalibYu barcha joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik kechga yaqin boshlanadi.

Ertaga qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

11-12 dekabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli qor yog‘adi.

Chorshanbadan jumagacha O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

11-13 dekabr kunlari sovuq kuchayadi va havo harorati kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari 15-20 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 7-12 daraja sovuqqacha pasayadi. Respublika janubida kuchli sovuqlar kutilmaydi, kechalari harorat faqat 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi.

11-13 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

14-15 dekabrda O‘zbekiston hududidan sovuq havo massasi chekina boshlaydi va sovuq kuchsizlashadi. Ish haftasining oxirida havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, shimolda kechachi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda 11-12 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi, 13-15 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 11-12 dekabrda shamol tezligi vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi. 12-15 dekabrda yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.

Harorat 12 dekabrda kechasi va kunduzi 5-7 daraja sovuq, 13 dekabrda kechasi 11-13 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja sovuq bo‘ladi. 14-15 dekabrda harorat kechasi 2-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-5 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring