Farg‘onada 4 balli zilzila sodir bo‘ldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, O‘zbekiston hududida bugun, 23-noyabr kuni soat 11:57da zilzila kuzatildi.
Qayd etilishicha, chuqurligi 30 kilometrni tashkil etgan 4,2 magnitudali zilzila Toshkentdan 254 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda yuz bergan.
Zilzila kuchi Namangan va Andijonda 3 ball, Farg‘onada 4 ballni tashkil etgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter