O‘zbekistonga soxta pasport bilan kirishga uringan guruh ushlandi
Bir guruh shaxslar qalbaki Malayziya pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urinishdi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 8-noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida 6 nafar shaxs taqdim etgan Malayziya pasportlari tekshirilgan va qalbaki ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Tegishli organ vakillari o‘tkazgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Shri-Lanka fuqarolari ekanligi aniqlangan. Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter