O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida zilzila sezildi

Bugun, 16 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:10 da (16.10.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 10:10 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 36,54 gradus shimoliy kenglik; 71,25 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik 223 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 554 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkent : 554 km, 2 ball.
- Namangan : 497 km, 2 ball.
- Andijon : 481 km, 2 ball.
- Farg‘ona : 430 km, 2 ball.
- Guliston : 489 km, 2 ball.
- Jizzax : 496 km, 2 ball.
- Samarqand : 511 km, 2 ball.
- Buxoro : 696 km, 2 ball.
- Termiz : 361 km, 3 ball.
- Qarshi : 545 km, 2 ball.
- Navoiy : 646 km, 2 ball.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter