Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» rahbari ogohlantirish e’lon qildi

«O‘zgidromet» rahbari ogohlantirish e’lon qildi

Joriy yilning 24-27 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib keladi.

Shu sababli 24-25 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 41-42 darajagacha; 24-27 iyulda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 42-44 darajagacha; 25-27 iyulda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 41-42 darajagacha ko‘tariladi.

24-26 iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring