«O‘zgidromet» yana bir ogohlantirish bilan chiqdi

3-4-may kunlari respublikamizning ko‘plab hududlarida kuchli yog‘ingarchilik natijasida sel oqimlari va toshqin suvlari yuzaga kelmoqda.
«O‘zgidromet» tomonidan 3-5-may kunlari yog‘ingarchilik oqibatida Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Toshkent, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida shoshilinch axborot berilgan edi.
«Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi navbatdagi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter