Parijda yirik norozilik namoyishlari boshlandi (video)

Bugun Fransiyada yangi mehnat islohotlariga qarshi kasaba uyushmalarining keng ko‘lamli namoyishlari boshlandi. Bu prezident Emmanuel Makron hokimiyat tepasiga kelgandan beri boshlangan ilk yirik norozilik aksiyasidir. Bu haqda «Sputnik France» ma’lumotlariga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Parijda namoyishchilar Sharqiy vokzaldan Bastiliya maydoniga borishgan. Yo‘lda ular mashinalarni ag‘darib, binolarning oynalarini chil-chil qilishgan. Politsiya ularga qarshi bir qancha vositalardan, jumladan suv sepuvchi mashinalardan foydalangan.
Payshanba kuni fransuz temiryo‘lchilari va davlat xizmatchilari Makron islohotlariga qarshilik belgisi sifatida ommaviy ish tashlash e’lon qildilar. Avvalroq prezident Makron SNCF milliy temiryo‘l kompaniyasini isloh qilish, jumladan, uning alohida mavqeini va xizmatchilarining imtiyozlarini bekor qilishni taklif etgandi. Prezident shuningdek davlat apparatini ham isloh qilib, 120 ming amaldorni ishdan bo‘shatishga va’da bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter