Parkentda sel oqimlari yuzaga keldi
Parkent tumani hududida kuzatilayotgan yog‘ingarchiliklar soylarda sel suvlarini to‘lib oqishiga olib kelmoqda. Bu haqda FVV xabar berdi.
Bugun, 14 may kuni soat taxminan 17:50da Toshkent viloyati Parkent tumani «Changi» qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hosil bo‘lib, soylarda sel suvlarini to‘lib oqishi, ichki ariqlar quvurlariga shox-shabba va tog‘ jinslarini tiqilib qolishi oqibatida ichki ko‘chalarga va aholi tomorqalariga sel suvlarini toshishi holatlari kuzatildi.
Ayni vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, qutqaruv bo‘linmalari, tuman yig‘ma mexanizatsilashtirilgan otryadi texnikalari hamda FVDqTning tegishli xizmatlari kuch va vositalari tomonidan holat oqibatlari bartaraf etilmoqda, aholi xonadonlari, ichki ko‘chalarda to‘planayotgan suvlarni chiqarib tashlash ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter