Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxtachida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» kuni ikki o‘quvchi suvda cho‘kib halok bo‘lgan

Paxtachida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» kuni ikki o‘quvchi suvda cho‘kib halok bo‘lgan

Joriy yil 24-may kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 6-sonli maktabning ikki nafar o‘quvchisi suvda cho‘kib vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamustdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, hodisa haqida o‘sha kuni soat 15:30 larda Paxtachi tumani IIB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Unda tumanning «Quvondiq» va «Sardoba» mahallalarida yashagan 2012 yilda tug‘ilgan 6-sinf o‘quvchilari – A.Sh. va N.M. lar shu hududdagi «Nazarov Oqbo‘ta» fermer xo‘jalik yerlarini tomchilatib sug‘orish uchun mo‘ljallangan hovuzda cho‘kib vafot etgani aytiladi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB va prokuratura tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tahririyat marhum bolalarning oila-a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Ota-onalardan esa cho‘milish mavsumida farzandlarini suvda xavfsizlik qoidalariga amal qilishga hamda baxtsiz hodisalardan ogohlikka chaqirishlarini so‘raydi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring