Tezkor xabar! Peterburgdagi portlashda O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan

Kecha, 27-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Perekrestok» savdo markazida mahalliy vaqt bilan soat 18:30 atrofida portlash sodir bo‘lgani haqida avval xabar bergan edik.
TIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, ular orasida O‘zbekiston fuqarosi Ivrikul Izbekovich Alikulov (1957-yil 10-iyunda tug‘ilgan) bor. U «Aleksandrovskiy» nomli 17-sonli shahar shifoxonasiga yetkazilgan va unga shu yerda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, I.Alikulovning ahvoli biroz og‘ir, ammo hozirgi paytda uning hayotiga tahdid yo‘q.
TIV Konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi konsul xodimlari Sankt-Peterburg rasmiylari bilan aloqada bo‘lib, jabrlanganga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter