Peterburgdagi portlashda qurbon bo‘lganlar soni aniqlandi

Avvalroq Sankt-Peterburgdagi supermarketda sodir bo‘lgan portlash haqida xabar qilgan edik. «RIA Novosti» axborot sayti tomonidan taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 13 kishi jarohat olgan.
Sankt-Peterburg vitse-prezidenti Anna Mityaninaning xabar berishicha, ular orasidan shifoxonada qolganlarining 5 nafari yaxshi ahvolda, uch nafarining ahvoli esa og‘irroq.
Portlash bir necha kishining joniga qasd qilishga urinish sababi bilan sodir etilgan va bu bo‘yicha hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter