Poyezd yo‘liga tosh terganlar fosh bo‘ldi
2020-yil 15-noyabr kuni soat 13:20 da Sirdaryo viloyati IIB TXTBga kelgan xabarga ko‘ra, 3485 km, 1-to‘siqda noma’lum shaxslar (15 va 16 yoshli o‘spirinlar) temir yo‘l iziga tosh qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.
Surishtiruv jarayonida «Guliston-Oqoltin» temir yo‘l bekatlari oralig‘i 3485-km, 1-to‘siqda joylashgan maxsus piyodalar o‘tish joyida voyaga yetmagan Guliston shahar 8-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi 2004-y.t. J.N., Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yashovchi 2004-y.t. A.A.lar temir yo‘ldan o‘tib ketayotib rels ustiga toshlarni qo‘yib rasmga tushayotgan vaqtida aniqlangan.
IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter