Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt havosi xavfliligicha qolmoqda

Poytaxt havosi xavfliligicha qolmoqda

Poytaxt havosi tarkibida mayda RM-2.5 dispers zarrachalari bilan bog‘liq xavf yuqoriligicha qolmoqda.

O‘tgan bir sutkadan buyon aynan mana shu mayda ko‘zga ko‘rinmas zarracha poytaxt havosi tarkibida jahon stadartlarining ruxsat etilgan me’yoridan (REM) ancha yuqori «qizil» xavfda saqlanmoqda.

O‘zgidrometga kuzatuvlariga ko‘ra, poytaxtda soat 08.00 holatiga havo tarkibidagi aynan RM-2.5 mayda zarrachasi jahon standart me’yoridan (REM) 18.7 marta yuqori kuzatilgan. Poytaxt havosi mana shu ifloslanish bo‘yicha yirik dunyo shaharlari orasida 10 talikda turibdi.

Poytaxtda havoni ifloslantiruvchi boshqa ingradiyentlar xavfsiz xolatda.

Ma’lumot uchun RM-2.5 mayda zarrachasi soch tolasidan 40 barobar mayda ko‘zga ko‘rinmas zarracha bo‘lib, uning muntazam xavo tarkibida yuqori darajada qolishi inson salomatligi, o‘pka to‘qimalari orqali qonga o‘tish xusisiyatidan kelib chiqib paydo bo‘ladigan kasalliklar, nafas yo‘llari, allergiya, ko‘z shilliq pardasi zararlanishi, teri kasalliklari, hatto saraton kasalligini ham chaqirishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring