Poytaxt ko‘chasida «KIA» 26 yoshli piyodani urib yubordi
![Poytaxt ko‘chasida «KIA» 26 yoshli piyodani urib yubordi](http://static.xabar.uz/crop/1/7/720_460_95_173661439.jpg)
Shu yilning 24-may kuni soat 21:10larda poytaxtning Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi 1-uy qarshisida haydovchi M.N. (1999-y.t.) «KIA» rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqaro I.A. (1996-y.t.)ni urib yubordi.
Olgan tan jarohatlari oqibatida piyoda I.A. shifoxonada vafot etgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/50/720__BgTeu8X-2eTqDrOMdp2db-db5smWNS5L.jpg)
YTH sabablari o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter