Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt va Toshkent viloyatidagi elektrdagi uzilishlar sababi aytildi

Poytaxt va Toshkent viloyatidagi elektrdagi uzilishlar sababi aytildi

Foto: Energetika vazirligi

Noqulay ob-havo (kuchli shamol) oqibatida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim hududlarida kuzatilayotgan elektr ta’minotidagi uzilishlarga Energetika vazirligi munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, poytaxt va Toshkent viloyatidagi ayrim elektr tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qo‘lda o‘chirilgan. Xususan, Toshkent shahrida 8 500 ta, Toshkent viloyatida 10 300 ta iste’molchi elektr ta’minotidan vaqtincha uzilgan.

Foto: Energetika vazirligi

Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf qilish hamda iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring