Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

"Prava" sotmoqchi bo‘lganlar tezkor tadbirlarda ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Pop tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Pop tuman bo‘limi bosh mutaxassisi B.N. fuqaro I.S.ga traktorchi-mashinist guvohnomasini ta’lim tashkilotlarida o‘qimasdan olib berishi evaziga 5,3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentning Mo‘ynoq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.K. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga 2 000 AQSh dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishini aytib, 24,7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro O.F. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring