Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura yosh kelin-kuyov o‘limi sababini o‘rganmoqda

Prokuratura yosh kelin-kuyov o‘limi sababini o‘rganmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Kattaqo‘rg‘onda yosh kelin-kuyov vafoti bilan bog‘liq xabar prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda.

Aniqlanishicha, 16 yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Oltinsoy qishlog‘ida yashagan 26 yoshli erkak va uning 18 yoshli turmush o‘rtog‘i yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etishgan.

Shu kuni marhumlar yaqin qarindoshlari tomonidan dafn etilgan.

Biroq, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB va tibbiyot birlashmasiga ham kelin-kuyov vafot etganliklari haqida xabar kelib tushmagan.

Marhumlarning yaqinlari ushbu holat haqida ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlarga xabar bermaganliklari aniqlangan.

Tekshirish davomida Kattaqo‘rg‘on tuman IIB, tuman hokimligi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, tuman Oila va xotin qizlar bo‘limi hamda «Samarqand hududgaz» korxonasiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, marhumlarning o‘lim sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Tekshirish harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring