Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, «Qamchiq» dovonida yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Ma’lum bo‘lishicha 3 aprel kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lida, 1979 yilda tug‘ilgan haydovchi, M.K. tirkama ulangan «Mercedes-benz» rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib, yo‘lning 197-kilometriga yetgan vaqtda, xavfli burilish joyida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuk avtomobili va tirkama ag‘darilgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. FVB va YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatilib, YTH oqibatlari bartaraf etilgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring