Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomashina ishtirokida mudhish YTH sodir bo‘ldi (foto)

Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomashina ishtirokida mudhish YTH sodir bo‘ldi (foto)

Bugun, 4 iyun soat 05:00 da 63 yoshli A.R. boshqaruvida bo‘lgan «Sams» rusumli yuk avtomashinani Pop tumani «Ko‘shminor» MFY hududidan o‘tuvchi «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 227 kilometrida boshqarib ketayotganida, tormoz tizimi ishlamay qoldi. Natijada haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan, shu yo‘nalish bo‘yicha yo‘lning chetida to‘xtab turgan 26 yoshli A.G‘.ning boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu» yuk avtomashinasiga va 26 yoshli N.R.ning boshqaruvida bo‘lgan ikkinchi «Isuzu» yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, ag‘darilgan. Shundan so‘ng «Sams» yuk avtomashinasining kabina qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Natijada «Sams» haydovchisi A.R. va «Isuzu» yuk avtomashinasidan birining haydovchisi A.G‘.lar hodisa joyida vafot etganlar, ikkinchi «Isuzu»ning haydovchisi N.R.shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Transport vositalaringizda uzoq safarli yo‘lga chiqishdan oldin transport vositangizning texnik holatini tekshirib, transport vositasini hushyor va sergak holatda boshqarib, amaldagi «Yo‘l harakati qoidalari»ga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring