Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» dovonida «Kobalt» ag‘darilib ketdi (foto)

«Qamchiq» dovonida «Kobalt» ag‘darilib ketdi (foto)

Foto: FVV

11-avgust kuni ertalab soat 08:05 da «Qamchiq» dovonidan o‘tgan A 373, «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 206,5-kilometrida «Kobalt» rusumli transport vositasi haydovchisi ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib yo‘ldan chiqib ketgan va ag‘darilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabar bergan.

Ag‘darilish natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Ziyon yetgan avtomobilga yordam ko‘rsatish uchun «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari va yo‘l-patrul xizmati, yo‘l bo‘limi xodimlari hamkorligida ish tashkil etilib, avtomobil ariq ichidan chiqarib olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring