Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiq dovonida yana qor yog‘moqda

Qamchiq dovonida yana qor yog‘moqda

A-373 M-39  avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan qismi 193-263 kilometrlar oralig‘ida qor yog‘moqda.

Qor yog‘ib turgan paytda dovonda transport vositalarining beto‘xtov ikki tomonlama harakatlanishini  ta’minlash uchun «Qamchiqavtoyo‘l» IYFUK tomonidan yo‘llarni qordan tozalash ishlarini bajarilmoqda.

Transport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

Yo‘llarda ko‘rinish 900 metrni, havo harorati -4 daraja, namlik 85 foizni tashkil etadi. Shamol tezligi 1-8 m/s.

Qamchiq dovoni yo‘lidan yuradigan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlari tavsiya qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring