Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» dovonidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

«Qamchiq» dovonidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

«Qamchiq» dovonidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi2024 yil 9 yanvar kuni soat 20:30 larda Namangan viloyatining Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 225-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

«Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Chacman» rusumli yuk avtomobili haydovchisi, 1988 yilda tug‘ilgan N.I. tezlikni oshirganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilib ag‘darilgan. YTH natijasida transport vositasida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida haydovchi N.I. va yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring