Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiqda qor yog‘di

Qamchiqda qor yog‘di

Qamchiq dovonida 13 oktyabr kuni erta tongda qor yog‘di. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Vazirlik haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishni so‘ragan.

«Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi», deyiladi xabarda.

Avvalroq «O‘zgidromet» O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 13 oktyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda ba’zi joylarda qorga aylanishi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring