Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiqda yuk mashinasi uch avtomobil bilan to‘qnashib, yonib ketdi. Jabrlanganlar bor

Qamchiqda yuk mashinasi uch avtomobil bilan to‘qnashib, yonib ketdi. Jabrlanganlar bor

Foto: FVV

Bugun, 6 aprel kuni  soat 11:10 da «Toshkent – O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoniga o‘tuvchi 259-kilometrida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

To‘qnashuv natijasida lak-bo‘yoq mahsulotlarini olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv guruhlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 25 daqiqa ichida yong‘inni o‘chirishdi. O‘chirish vaqtida dovonning bir tomoni vaqtincha yopilgan.

Soat 12:30da transport harakati tiklandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida 6 kishi jabrlangan, deyiladi FVV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring