Qashqadaryoda imtihon javoblarini pullagan o‘qituvchi ishdan olindi

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi maktab o‘qituvchisi imtihon javoblarini o‘quvchilarga sotayotgani aytilgan videotasvir tarqalgan edi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan dastlabki rasmiy munosabat berildi.
Aniqlanishicha, Ko‘kdala tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi «Ona tili va adabiyoti» fani o‘qituvchisi Q.I. 2025-yil 28-may kuni o‘z fanidan Davlat imtihoni boshlanishidan oldin shu maktabning 11-sinf bitiruvchilariga imtihon savollarining javoblarini nusxasini chiqarganini, o‘quvchilarga ko‘rgazma sifatida ko‘rsatib o‘quvchilar imtihondan oldin bilimlarini mustahkamlash uchun imtihonga puxtaroq tayyorgarlik ko‘rish va bilimlari mustahkamlashi uchun tavsiya qilgan.
U, shuningdek, bu javoblarni kompyuter xizmatlari ko‘rsatuvchidan sotishga berilganligini aytib, agar xohlovchilar bo‘lsa 5 ming so‘mdan sotib olishlari mumkinligini aytgan.
Holat yuzasidan viloyat boshqarmasi tomonidan maktab direktoriga ta’sir chorasi qo‘llanilgan va o‘zboshimchalik bilan ish tutgan fan o‘qituvchisi egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter