Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda sobiq MIB xodimi pichoqlandi

Qashqadaryoda sobiq MIB xodimi pichoqlandi

Qashqadaryoda sobiq MIB xodimi pichoqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda. 

26-aprel kuni Qarshi shahrida yashovchi fuqaro X.B. tanish ayolning uyiga borganida u yerda tanishi O.T. (sobiq MIB xodimi) ni ko‘rib, janjallashgan va oshxonadan pichoqni olib kelib, ularga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazgan.

Natijada jablanuvchilar shifoxonaga tushgan.

Shuningdek, X.B. yuqoridagi ayol bilan qonuniy nikohdan o‘tmagan holda doimiy ravishda  jismoniy va ruhiy taz’yiq o‘tkazib, uni qiynab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan 01.05.2023 yilda X.Bga nisbatan JKning 109, 110 va 112-moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring