Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi bog‘chada 2,5 yashar tarbiyalanuvchi vafot etdi

Qashqadaryodagi bog‘chada 2,5 yashar tarbiyalanuvchi vafot etdi

Foto: Kun.uz

Qashqadaryodagi xususiy bog‘chada 2,5 yoshli tarbiyalanuvchi vafot etdi. Tafsilotlarga ko‘ra, u mashinada dimiqib vafot etgan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisi vafot etganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda aytilishicha, bog‘cha rahbari har kuni o‘z mashinasida bolalarni tashigan. 

Marhuma qizning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring