Qashqadaryodagi zapravkada yong‘in: 4 kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryodagi zapravkada yong‘in sabab 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
16 iyul kuni soat 14:40 da Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani, “Oltindala” MFYda joylashgan aholiga gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yoqilg‘i saqlash rezervuarida chaqnash va undan so‘ng yong‘in kelib chiqqan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
Shuningdek, voqea joyiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori boshchiligidagi bir guruh tajribali mutaxassislar yuborildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter