Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda mototsikl mingan chol piyodani urib yubordi

Qibrayda mototsikl mingan chol piyodani urib yubordi

Foto: «Intex-press»

«Yava» rusumli mototsiklni boshqargan nafaqaxo‘r piyodani urib yubordi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.

Qayd etilishicha, kecha, 5-mart kuni soat 19:30 larda Qibray tumanida yashovchi nafaqaxo‘r T.H. o‘ziga tegishli «YaVA» rusumli mototsiklini Qibray tumani bo‘ylab boshqarayotib, Qibray tumanida yashovchi piyoda H.Sh.ni urib yuborgan.

Oqibatda H.Sh. «o‘ng boldir suyagi yopiq sinishi» tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring