Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi avtomashina ustaxonadan topildi

Qidiruvdagi avtomashina ustaxonadan topildi

Buxoro viloyati Vobkent tumanida kredit hisobiga xarid qilingan va qarzdorlik sabab qidiruvga berilgan «Cobalt» avtomashinasi ta’mirlash ustaxonasidan topildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro avtomashinani rafiqasi nomiga kreditga rasmiylashtirgan, ammo to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan. Shundan so‘ng bank kredit qarzini undirish maqsadida sudga murojaat qilgan.

Sud hujjatiga asosan, qarzdordan «Kapitalbank» ATB foydasiga 169 mln 730 ming 965 so‘m kredit qarzini undirish hamda undiruvni garov mulki hisoblangan, 2025-yilda ishlab chiqarilgan qora rangli «Cobalt» avtomashinasiga qaratish belgilangan.

Qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli uning mol-mulklariga taqiq qo‘yilib, avtomashina qidiruvga berilgan.

Qidiruv tadbirlari davomida mashina avtomobil ta’mirlash ustaxonasidan topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, avtomashinaning ayrim ehtiyot qismlari sotib yuborilgan.

Transport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Hozirda ijro harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, bank garov mulkiga yetkazilgan zararni undirish masalasida sudga alohida da’vo kiritishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring