Qidiruvdagi Umar ibn Roziyalloxu Usmon o‘g‘li topildi

2008-yilda tug‘ilgan O‘rmonov Umar ibn Roziyalloxu Usmon o‘g‘li joriy yilning 3-iyun kuni soat taxminan 21.30larda Chilonzor tumani 19-mavzeda joylashgan yashash joyidan chiqib, noma’lum tomonga harakatlanib ketib qaytib kelmagani haqida Toshkent shahar IIBB xabar bergandi.
Ma’lum qilinishicha, qidiruvda bo‘lgan O‘rmonov Umar ibn Roziyalloxu Usmon o‘g‘li topilgan. Uning holati yaxshi, xavotirga o‘rin yo‘q.
Uning qidiruvida qatnashgan barchaga minnatdorchilik bildirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter