Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistondagi YTHda 18 yoshli o‘zbekistonlik vafot etdi

Qirg‘izistondagi YTHda 18 yoshli o‘zbekistonlik vafot etdi

Joriy yil 21-iyul kuni So‘x tumani, Lenbur mahallasida yashovchi voyaga yetmagan 2007-yilda tug‘ilgan S.S. «Nexia-3» rusumli avtomashinani So‘x-Rishton avtomobil yo‘lining, Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Bujay ayili hududida boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va jarlikka ag‘darilib ketib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Farg‘ona viloyat IIB xabariga ko‘ra, YTH oqibatida haydovchi S.S. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

https://t.me/fvyhxb/4960  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring