Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qiz bola»ning qaytishi kutilyapti

«Qiz bola»ning qaytishi kutilyapti

Tinch okeani.

Foto: Shutterstock

Tinch okeanining ekvatorial zonasida suv haroratining pasayishi bilan bog‘liq La-Ninya tabiiy hodisasi yaqin oylarda yana shakllanishi mumkin, deb ma’lumot berdi Rossiya gidrometeorologiya markazi ilmiy rahbari Roman Vilfand.

Meteorologning aytishicha, hozir neytral faza saqlanib turibdi na La-Ninya, na El-Ninoning yaqqol belgilari yo‘q. «Yana kichik La-Ninya davri kuzatilishi mumkin, uning yaqin bir-ikki oy ichida qaytishi ehtimoli yo‘q emas», dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun: La-Ninya (ispanchadan tarjima qilinganda «qiz bola»), El-Nino («o‘g‘il bola») butun dunyo bo‘ylab harorat va yog‘ingarchilikka ta’sir qiluvchi qarama-qarshi iqlim fazalaridir. La-Ninyada issiqlik atmosferadan okeanga faol o‘tib, suv harorati pasayadi va dunyo bo‘ylab havo haroratining umumiy pasayishiga olib keladi, El-Ninoda esa aksincha, okean suvi isib, global haroratning ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

So‘nggi El-Nino 2023-yil mayidan 2024-yil apreligacha davom etib, keyin neytral holatga o‘tgan. Biroq uning oqibatlari davomli bo‘ldi  2024-yil butun kuzatuvlar tarixiga eng issiq yil sifatida kirib, 2023-yilgi jazirama rekordlari yangilandi. La-Ninya esa 2025-yil boshida taxminan uch oy davom etdi, bu qisqa davr haroratga uncha ta’sir qilmadi, aksariyat mintaqalarda yuqori haroratlar saqlanib qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring