Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qizning o‘z joniga qasd qilish maqsadi bo‘lmagan» — Prokuratura

«Qizning o‘z joniga qasd qilish maqsadi bo‘lmagan» — Prokuratura

Videodan lavha

Buxoro viloyatining Buxoro shahrida o‘zini yetti qavatli uy tomidan pastga tashlashga uringan 16 yoshli qiz qutqarilgani haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinovning ma’lum qilishicha, qizning o‘z joniga qasd qilish maqsadi bo‘lmagan.

Aniqlanishicha, 22 fevral kuni soat 11:30 larda 2006 yilda tug‘ilgan qiz onasi bilan janjallashib, uni qo‘rqitish maqsadida 7 qavatli uyning tom qismiga chiqqan.

Xabarga asosan hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqqan va ichki ishlar xodimlari tomonidan qiz ushbu uyning tom qismidan tushirilgan.

«Qiz bilan suhbat o‘tkazgan psixolog o‘z tushuntirishida, qizning o‘z joniga qasd qilish maqsadi bo‘lmaganini, boshqalarni e’tiborini o‘ziga jalb qilish maqsadida shu holatni sodir qilganini, shu sababli 1 soat davomida uyning tom qismida o‘z joniga qasd qilmasdan qolib ketganini bildirgan.

Holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring